“O‘zbekiston farmatsevtik xabarnomasi” ilmiy-amaliy farmatsevtika jurnali hamkorlikka taklif etadi
Sohada faoliyat yuritayotgan hurmatli tadbirkorlar, qadrli mutaxassislar, o‘z faoliyatingizdagi muhim yangiliklar, tadqiqotlar, ilmiy ishlanmalar, xizmatlar va mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish niyatida bo‘lsangiz, shoshiling!
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi "O‘zbekiston farmatsevtik xabarnomasi" jurnalining 3-4 sonida e’lon qilish uchun maqolalar qabuli davom etayotganligini ma’lum qiladi.
Aytish joiz, ushbu jurnal ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, ilk bor 1996 yilda chop etilgan. 2010 yilda jurnalga Milliy Savdo palatasi tomonidan Xalqaro standart seriya raqami ISSN 2181-0311 berilgan. Shuningdek, mazkur jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati” ga kiritilgan.
☎️ Tel: (71) 203-01-01 (ichki 2360 - 2362)